Xabaringiz bor, 1 apreldan O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlari boshlandi. Birinchi kunda Toshkent vaNukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 5 018 nafar fuqaro ixtiyoriy ravishda emlandi. Ulardan 1871 nafari 65 yoshdan yuqori fuqarolar va3147 nafari tibbiyot xodimlari.
Ayni vaqt mamlakatda 660 ming doza AstraZeneca (Vaxzevria— yangi nomi), 1 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi mavjud.
«Gazeta.uz» muxbiri Toshkent shahri vaviloyatidagi bir qancha emlash punktlariga tashrif buyurib, vaksinatsiya jarayonini bilan yaqindan tanishdi. Qolaversa, aholining emlanishga ishonchi qay darajada ekanligi, jumladan, qaysi vaksinani olish istagi yuqoriligi bo‘yicha fuqarolarning fikrlarini to‘pladi. Kimdir xitoy-o‘zbek vaksinasi ishonchliroq desa, kimdir AstraZeneca bilan emlanishni ma’qul ko‘rdi. Boshqalar esa umuman emlanmasligini ta’kidlagan.
"Gazeta.uz"da reklama
Vaksinatsiya jarayoni
Avvaliga, emlash jarayoniga qisqacha to‘xtalsak. Payshanba kuni erta tongdan ro‘yxat bo‘yicha barcha emlash punktlarida tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Jumladan, nazorat, emlash vakuzatuv xonalari, maxsus o‘quv kursidan o‘tgan tibbiyot xodimlari shay holatda keltirildi.
Mirobod tumanidagi 1-son oilaviy poliklinika.
Birinchi bo‘lib, vaksina olishga qaror qilgan har bir shaxs immunolog ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Shundan so‘ng, fuqaroning pasport ma’lumotlari vatelefon raqami ro‘yxatga kiritiladi. Vaksina tanlash yoki umuman, olish ixtiyoriy bo‘lgani bois, aholiga mavjud in’eksiya turlari haqida qisqa ma’lumot beriladi.
Shifokorlarning aytishicha, AstraZeneca 2 marotaba 21−28 kun interval bilan, xitoy-o‘zbek vaksinasi esa 3 marotaba, bir oyoralig‘ida qilinadi. Fuqaro emlangach, 30 daqiqa davomida shifokorlarning kuzatuvi ostida bo‘ladi. Uning sog‘lig‘ida o‘zgarishlar bo‘lmasa, uyga ruxsat beriladi vamasofaviy tarzda nazorat qilib turiladi.
Bundan tashqari, vaksinatsiya uchun maxsus yaratilgan emlash.uz veb saytiga shaxsga oid ma’lumotlar kiritiladi. Shunga muvofiq, fuqaroga keyingi vaksinatsiya muddati haqida sms-xabarnoma yuboriladi.
Mirobod tumani 1-son oilaviy poliklinika
Mirobod tumani 1-son oilaviy poliklinikasida 8 mingdan ortiq fuqaro emlanishi reja qilingan. Poliklinika bosh shifokori Nargiza Xolmuxamedovaning aytishicha, ubirinchilardan bo‘lib (xitoy-o‘zbek vakinasi bilan) emlandi.
«Rahbar sifatida men poliklinikaning 152 nafar xodimiga o‘rnak bo‘lishim kerak»,— deydi u.
Mirobod tumanidagi 1-son oilaviy poliklinikasi bosh shifokori Nargiza Xolmuxamedova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, poliklinika qoshida ikkita vaksinatsiya punktlari tashkil etilgan— asosiy bino vafilialda. Bundan tashqari, tumandagi shifoxonalar, stomatologik klinikalar vaboshqa tibbiy muassasalar xodimlarini emlash uchun mobil brigadalar ham tashkil etilgan. Shuningdek, ushbu brigadalar uyida yotgan vapoliklinikaga kelolmaydigan 241 nafar fuqaroni ham emlash uchun safarbar qilinadi.
«Tibbiy xodimlarga ham, aholiga ham vaksina qilish ixtiyoriy, ularning tanlash huquqi bor. Tibbiy xodim bo‘ladimi, oddiy fuqaromi, ular o‘zi tanlagan vaksina bilan emlanadi»,— deydi poliklinka immunologi Gulsara Xolmatova.
Mirobod tumanidagi 1-son oilaviy poliklinika.
Immunologning so‘zlariga ko‘ra, «vaksina olgan fuqaroda harorat ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, bosh og‘rishi kabi alomatlar kuzatilsa, birinchi o‘rinda uchastka hamshirasi yoki shifokori, immunolog hamda vaksinatorlarga murojaat qilishi mumkin».
«Gazeta.uz» ma’lum qilinishicha, vaksinaning nojo‘ya ta’sirlariga qarshi kurashish maqsadida poytaxtdagi emlash punktlari Toshkent shahridagi 4 tashifoxonaga biriktirilgan:
- Uchtepa tumanidagi shaxar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi;
- Shayxontoxur tumanidagi 1-son shahar klinik shifoxonasi;
- Yashnobod tumanidagi 4-son shahar klinik shifoxonasi («TAPOiCh»);
- Yunusobod tumanidagi 7-son shahar klinik shifoxonasi.
«Vaksinaning nojo‘ya ta’sirlari ko‘p kuzatilgan bemorlar bo‘yicha tegishli chora ko‘riladi. Hozir 4 tashifoxona ajratilgan. Dislokatsiya bo‘yicha biz TAPOiChdagi shifoxonaga qaraymiz vaemlashdan keyingi reaksiyalar kuzatilganlarni o‘sha yerga yuboramiz»,— deya qo‘shimcha qildi Gulsara Xolmatova.
Vaksina qadog‘i vashprits ishlatib bo‘lingach, utilizatsiya qilinadi.
«Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda, fuqarolarning biri ismini oshkor qilmagan holda vaksinalar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.
«Meni o‘g‘lim Xitoyda tahsil oladi, u„emlansangiz ham faqat Xitoy vaksinasi bilan emlaning“, deb aytdi. U ham xitoy vaksinasi bilan emlandi. Men o‘zim Rossiya vaksinasi bilan emlanishni xohlagan edim. Biroq tanishlarimdan biri Sputnik Velita qatlami uchun dedi»,— dedi u.
Suhbat davomida uuzoq yillik tajribaga ega shifokorligini ham qo‘shimcha qildi.
Respublika maxsus 2-son Zangiota shifoxonasi
Keyingi manzil Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar 2-son shifoxonasi. Buyerdagi tibbiyot xodimlari ham aprelning birinchi kunidanoq emlana boshladi. Shifoxona rahbariyati esa vaksina qabul qilish bo‘yicha tashabbusni o‘z qo‘liga oldi.
Zangiota 2-son shifoxonasi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Nurullo Tajiddinov prezidentga shifokorlarga qaratayotgan e’tibor uchun minnatdorchilik bildirdi.
Nurullo Tajiddinov.
«Vaksinatsiya boshlangani bizni juda ham quvontiradi. Chunki, Zangiota 1 va2 shifoxonalari tibbiyot xodimlari koronavirusga chalingan bemorlar bilan bevosita aloqada bo‘lishadi. Men O‘zbekiston aholisini emlash jarayonida faol qatnashishga chaqirib qolaman. Shifoxonada 738 nafar xodim ishlaydi. Vaksinatsiyaning ilk kunida qariyb 150 kishi emlanadi. Biz 5 kun ichida shifoxonamizning barcha xodimlarini emlashni rejalashtirganmiz»,— Nurullo Tajiddinov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «xodimlarning barchasi o‘z xohishi bilan emlanishga rozi bo‘lgan».
Ta’kidlanishicha, Zangiota 2-son shifoxonada (1 aprel holatiga) 568 kishi COVID-19`dan davolanmoqda. Ular orasida yoshi kattalar ham, bolalar ham bor. Yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan yoshi katta bemorlarda kasalliklar og‘irroq o‘tmoqda.
«Qarshi ko‘rsatmalardan— surunkali kasalliklar davri bo‘lsa vaksina qilinmaydi. Bizda qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmagani uchun AstraZeneca bilan emlandim. Vaksinatsiyadan so‘ng, yarim soat ichida biror nojo‘ya ta’sirni sezganim yo‘q. Biz koronavirusga chalingan bemorlar bilan har kuni, bevosita muloqotda bo‘lganimiz uchun men buvaksinani olganimdan xursandman. Shuning o‘zi davlat tomonidan tibbiyot xodimlarini himoya qilishga bo‘lgan harakatning isboti»,— deydi 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘limi mudiri Ra’no Karimova.
Ra’no Karimova.
Shifokor barcha davlat ham o‘z fuqarolarini bepul emlash imkoniyatiga ega emasligini ta’kidlab, aholini vaksina qabul qilishga chorladi.
Nurullo Tajiddinovning qayd etishicha, emlanishdan oldin tibbiyot xodimlari tekshiruvlardan o‘tgan. Qarshi ko‘rsatmalarga ega ishchilar emlanmasligi aytildi.
«Vaksinatsiya bo‘yicha qo‘llanma bor. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, kimni emlash mumkin bo‘lmasa, ularni vaksina oluvchilar ro‘yxatidan chiqardik. Qarshi ko‘rsatmalarga ega xodimlar 22 kishini tashkil etmoqda. Men o‘ylaymanki, buvaqtinchalik chora. Allergik reaksiya holati o‘tishi bilan ular ham emlanadi. Albatta, o‘z xohishiga ko‘ra»,— deydi Tajiddinov.
Shifoxona tibbiyot xodimlari vaksina qabul qilish uchun navbatda.
«Gazeta.uz» muxbirining kuzatuvlariga ko‘ra, Zangiota 2-son shifoxonasida vaksinatsiyaning birinchi kunida faqat AstraZeneca olib kelinib, emlash amalga oshirilgan. Mas’ullarning ta’kidlashicha, xitoy-o‘zbek vaksinasi 2 apreldan olib kelinadi.
Zangiotada emlangan xodimlar orasida yarim soat ichida sog‘lig‘ida o‘zgarish kuzatilganlar ham bo‘ldi. Tibbiyot vakillaridan birining qon bosimi ko‘tarilgani, qondagi kislorod miqdori esa kamaygani aniqlandi. Shubilan birga, ko‘ngil aynishi vabosh aylanishi kuzatilgani aytildi.
Lekin bir necha daqiqa o‘tgach, uning ahvoli yaxshilandi. Qayta tekshiruvdan o‘tgach, shifokorning qon bosimi vakislorod miqdori ham normallashgani aniqlandi.
E’tiborlisi, shifoxonadagi soha xodimlari xitoy-o‘zbek vaksinasidan ko‘ra, AstraZeneca in’eksiyasini afzal bilishini aytishdi. Ular bunga sabab qilib, mahsulot Yevropada ishlab chiqarilganini ta’kidlashmoqda. AstraZeneca qabul qilganlarda тромбларнинг xosil bo‘lishiga oid xabarlarga esa shifokorlar: «juda kam holatda qayd etilgan», deya javob qaytarishdi.
Yakkasaroy tumani 59-son oilaviy poliklinika
Mazkur ko‘p tarmoqli klinikaning boshqalaridan farqi, buyerdagi shifokorlarning 13 nafari yanvar oyida Xitoy vaksinasining sinovida qatnashgan. Poliklinikada 12 ming nafar aholini emlash rejalashtirilgan.
Poliklinika bosh shifokori vaksinatsiya jarayonidagi yana bir muhim jihat haqida fikr bildirdi.
«Agar birinchi dozada aholi AstraZeneca vaksinasini olgan bo‘lsa, ikkinchisida ham huddi shundan oladi. Agar birinchi doazada Xitoy vaksinasi olinsa, ikkinchi vauchinchi safarlar ham unday qilamiz. Masalan, kimdir „men hozir AstraZeneca olaman, keyingi safar Xitoy vaksinasini olaman“ deyishi kerak emas. Bir xil bo‘lishi kerak. O‘zim ko‘ngilli bo‘lib Xitoy vaksinasini olganman. Men bilan aks ta’sir holatlari bo‘lmadi. Men bilan birga olgan hamkasblarim orasida yoshi kattalar vayoshroqlari ham bor edi»,
Vaksina olish uchun emlash punktlariga tashrif buyura olmaydigan fuqarolarning uyiga borib in’eksiya qilinadi. Buning uchun 3 kishilik mobil guruhlar tashkil etilgan. Ular vaksinani saqlash uchun maxsus sovitishga moslashgan quti hamda birlamchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishda qo‘llaniladigan tibbiyot vositalaridan iborat quti bilan ta’minlangan.
Yakkasaroy tumani 59-son oilaviy poliklinikada tashkil qilingan mobil guruh.
Ta’kidlanishicha, mazkur poliklinikada ham ko‘proq xitoy-o‘zbek vaksinasiga ishonch yuqori. Bunga sabab muassasa shifokorlarining ushbu in’eksiya bilan emlangani va hozirgacha nojo‘ya ta’sirlar sezilmaganidir. Emlashning ilk kunida tashrif buyurgan aholi ham aksar holatda Xitoy vaksinasi bilan emlanish istagini bildirgan.
Vaksina qabul qilgan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini emlash.uz veb saytiga kiritish jarayoni.
Abdulla Yodgorov, «Gazeta.uz» muxbiri